Ijodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, kartina tarixiy haqiqat va davr muhitiga alohida e’tibor qaratgan holda buyuk sarkardaning yuksalishi haqida epik hikoya qiladi.
"Biz mintaqadagi eng muhim shaxslardan biri yashagan va jang qilgan joylarda kinematografiya tarixini tikladik. Bu film uchun bebaho", — deyiladi xabarda.
Film rejissyori Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Mettyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen, Amir Husayn rolini Mahesh Jadu, Temurning rafiqasi rolini esa o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.
Filmni suratga olish ishlari 2022-yil oxirida boshlangan va 2024-yil kuzida yakunlangan. Ishlar O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida olib borildi.
Hozirda film postprodakshn bosqichida. Premyera 2025-yil yozining oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.