Variety ma’lumotlariga ko‘ra, premyeradan oldin yulduzlar bilan to‘ldirilgan qizil gilam pandemiyadan oldingi Gollivud glamurini eslatib yuborgan.
Bill Myurrey, Tilda Suinton, Ouen Uilson, Edrian Broudi va Timoti Shalame kabi aktyorlar ishtirokidagi film festivalning eng uzoq davom etgan olqishlari bilan yakunlandi — taxminan to‘qqiz daqiqa davomida tomoshabinlar rejissyor va uning jamoasini tik turib olqishlashdi.
Loyihaning barcha ishtirokchilari ham premyerada ishtirok eta olmadi: aktrisa Lea Seydu COVID-19 testi ijobiy chiqqani sababli tadbirni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Film voqealari xayoliy fransuz shaharchasida bo‘lib o‘tadi va syujet "Fransuz xabarnomasi" gazetasi sahifalaridan reportajlarni hayotga tatbiq etuvchi uchta hikoya atrofida qurilgan. Andersonning so‘zlariga ko‘ra, bu film uning jurnalistikaga yozgan sevgi maktubi ekan. Shunday bo'lsa-da, rejissyor kinoya bilan Kann uchun an’anaviy bo‘lgan matbuot anjumanini o‘tkazishdan bosh tortgan.
"Fransuz xabarnomasi" premyerasi 2020-yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli qoldirilgan edi.