Absurd komediya va psixologik drama unsurlarini o‘zida mujassam etgan film avtota’mirlash ustaxonasi egasi haqida hikoya qiladi. Filmda u o‘tmishda o‘zining jallodi deb hisoblagan odam bilan to‘qnash keladi. Asar festivalning bosh sovrini — "Oltin palma novdasi"ni qo‘lga kiritdi.
15 yildan ortiq vaqt davomida Eronni tark etishi taqiqlangan Panohiy Tehronda qat’iy maxfiylik sharoitida film suratga oldi. Yozib olingan minnatdorchilik nutqida u g‘alabani Eron xalqiga bag‘ishladi va ozodlik uchun kurashda birdamlikka chaqirdi.
Asosiy tanlov hakamlar hay’atini fransuz aktrisasi Jyulyet Binosh boshqardi. Shuningdek, tarkibdan Xolli Berri, Jeremi Strong, Payal Kapadiya, Alba Rorvaxer va dunyoning turli burchaklaridan kelgan boshqa kino arboblari o‘rin olgan.
Asosiy mukofotlar:
— Festivalning bosh sovrini norvegiyalik rejissyor Yoakim Triyerning "Sentimental qadriyat" filmiga nasib etdi;
— Hakamlar hay’ati sovrini Oliver Laksning "Sirot" va Masha Shilinskiyning "Qulash tovushi" lentalari o‘rtasida taqsimlandi;
— Eng yaxshi rejissura mukofoti — Kleber Mendosaga Filo "Maxfiy agent" filmi uchun (Braziliya) taqdim etildi;
— Eng yaxshi aktyorlik ishlari mukofotini — Vagner Moura ("Maxfiy agent") va Nadya Melliti ("Kichik Dyorner," rej. Hafsiya Xerzi) oldi;
— Eng yaxshi ssenariy Jan-Per va Lyuk Dardenovning "Yosh onalar" ssenariysi bo'ldi;
— Eng yaxshi debyut — Hasan Hadining "Prezident torti";
— Eng yaxshi qisqa metrajli film uchun sovrin — rejissyor Tavfiq Barhomning "I’m Glad You’re Dead Now" lentasiga berildi.
"O‘zgacha nigoh" dasturi:
— Eng yaxshi film — Diego Sespedesning "Flamingoning sirli nigohi";
— Hakamlar hay’ati mukofoti — Simon Mesa Sotoning "Un Poeta"siga;
— Eng yaxshi rejissyor — Arab va Tarzan Nosir "Bir kuni G‘azoda" filmiga;
— Eng yaxshi aktyorlar — Kleo Diara (O Riso e a Faca) va Frenk Dilleyn ("Shum bola");
— Eng yaxshi ssenariy uchun sovrin — Garri Laytonning "Egar" filmiga berildi.
Kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy "Oltin palma novdalari" Robert De Niro va Denzel Vashingtonga topshirildi.