Tanlab olingan uchta loyihaga 35 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan mablag‘ ajratiladi, Osiyoning tajribali kinoijodkorlari murabbiylik qiladi, shuningdek, ssenariy yaratish va ishlab chiqarishda qo‘llab-quvvatlanadi. Tayyor filmlar 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan 50-Gonkong xalqaro kinofestivalida (HKIFF50) taqdim etiladi.
Ishtirok etish narxi: $40
Kerakli hujjatlar: To‘ldirilgan shakl, loyiha tavsifi, byudjet
Dunyo bo'ylab barcha mamlakatlar uchun ochiq.
Oxirgi muddati: 2025-yil 15-iyun
10 nafar finalchi avgust oyi boshida bo‘lib o‘tadigan loyihalarning ochiq onlayn taqdimotida ishtirok etadi. Pitchingdan so‘ng, tanlangan uchta loyiha vakillari murabbiylar bilan individual uchrashuvlarga taklif qilinadi va natijalar o‘sha oyning oxirida e’lon qilinadi.
Ishtirok etish uchun bu yerda ariza topshirish mumkin: https://asff.hafapplication.com/
Manzil: Gonkong