Yaqin kunlarda Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana O‘zbekistonga keladi. Uning tashrifi davomida birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi, unda ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasidagi aniq qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi.
Ta’lim sohasida tomonlar O‘zbekistonda Tushiya universitetining filialini ochish rejalarini qo‘llab-quvvatladilar. Shuningdek, Piza, Trento, Roma Tre va Ka-Foskari universitetlari bilan ikki tomonlama diplom dasturlarini ishga tushirish rejalashtirilgan
— bu talabalarga xalqaro standartlar bo‘yicha o‘qish va bir vaqtning o‘zida ikki davlatning diplomlarini olish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda Italiya madaniyati kunlari o‘tkaziladi.