U Kann bosh mukofoti sovrindorlari orasida eng yoshi kattasi edi va uning filmi Afrika kinosi tarixida ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan yagona film bo‘lib qolmoqda.
Lakdar-Haminaning oilasi rejissor 23-may kuni Jazoir poytaxtidagi uyida vafot etganini ma’lum qildi. E’tiborlisi, shu kuni Kann kinofestivalida "Kann klassikasi" dasturi doirasida g‘alabaning 50 yilligi munosabati bilan "Olovli yillar solnomasi" namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Asar voqealari 1939-1954-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Jazoyirdagi mustaqillik urushi haqida dehqon ko‘zi bilan hikoya qiladi, fransuz mustamlaka tuzumining shafqatsizligini ko‘rsatadi.
Lakdar-Hamina to‘rt marta Kann festivalining asosiy tanlovida qatnashgan. Uning "Ores shamollari" filmi 1967-yilda eng yaxshi debyut mukofotiga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik u "Qum bo‘roni" (1982) va "So‘nggi obraz" (1986) filmlarini taqdim etdi. 30 yillik tanaffusdan so‘ng u 2016-yilda "Xorijiy tildagi eng yaxshi film" nominatsiyasida Jazoirning rasmiy "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan "Soyalar oqshomi" filmini suratga oldi (88-marosim).
Muhammad Lakdar-Hamina 1934-yil 26-fevralda Jazoirning shimoli-sharqidagi Ores mintaqasidagi M’Sila shahrida tug‘ilgan. U Fransiyaning Antib shahrida o‘qigan.