Bu jarayonda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadigan yangi ijodiy texnologik laboratoriya asosiy rol o‘ynaydi.
Ijodkor yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish uchun yagona raqamli platforma — "ERP madaniyat" yaratiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizdagi maktab va texnikumlar qoshida yoshlar ijodiy klublari ochiladi, mamlakat miqyosida "Madaniyat volontyorlari" harakati yo‘lga qo‘yiladi.
2025-yildan boshlab O‘zbekistonga har yili kamida to‘rt nafar atoqli madaniyat arbobini xorijdan taklif etish boshlanadi. Ular ijodiy sanoatning yosh mutaxassislari bilan tajriba va ko‘nikmalar almashadilar.
Madaniy tashabbuslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ham ko‘zda tutilgan: san’at va madaniyat sohasidagi startaplarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha (37,5 mln so‘mgacha) grantlar ajratiladi.