Hozir Mo‘ynoq tumanida BBC jurnalistlari va operatorlari ishlamoqda. Bo‘lajak filmning asosiy syujetlaridan biri — Orol dengizi quriganidan keyin mintaqaning o‘zgarishi va uning o‘rnida yangi cho‘lning shakllanishi.
Bu BBC suratga olish guruhining O‘zbekistonga uchinchi tashrifi. Avvalroq telekanal jamoasi Navoiy viloyatida bo‘lib, tuyaqushlarni ko‘paytirish va mamlakatda biologik xilma-xillikni saqlash choralari haqida materiallar suratga olgan edi.