Haykallarga yetib borish uchun erkak nafaqat to‘siqdan, balki himoya to‘ridan ham oshib o‘tgan, shuningdek, 5,4 metr chuqurlikka tushgan. U soqchilar to‘xtatishidan oldin haykallarni tortib, itarib ko‘rdi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qoidabuzar ruhiy kasallikka chalingan.
Terrakota armiyasi Sianning asosiy diqqatga sazovor joyi va YUNESKOning Butunjahon merosi obyektidir. Majmua miloddan avvalgi 209-yilda tashkil etilgan bo‘lib, birlashgan Xitoyning birinchi imperatori Sin Shixuandi maqbarasini qo‘riqlagan 8 mingga yaqin terrakota jangchilari va otlardan iborat. Ekspozitsiyaning ochilishi 1974-yilda bo‘lib o‘tgan va o‘shandan beri u XX asrning eng muhim arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.
Mahalliy hokimiyat organlari hodisa aybdorining yetkazgan zarar darajasi va uning ehtimoliy oqibatlari haqida aniq ma’lumot bermadi.