"Tirik tarix" ta’lim dasturi doirasida 2025-yil uchun qabul e’lon qilindi. Mashg‘ulotlar bepul bo‘lib, kino san’atining asosiy yo‘nalishlari: rejissyorlik, kaskadyorlik, grim, animatsiya, operatorlik, montaj, prodyuserlik va ovoz rejissyorligi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Barcha mashg‘ulotlar "O‘zbekfilm" kinokonserni bazasida o‘tkaziladi. Kurs yakunida bitiruvchilar "Tirik tarix" dasturi doirasida amalga oshiriladigan filmlarni suratga olishda ishtirok etish uchun yo‘llanma oladilar.
Hujjatlar 2-iyundan 30-iyungacha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi (sobiq Panorama) binosida soat 14:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.