Ziyoratgoh AQSH elchilarining Madaniy merosni saqlash jamg‘armasi (AFCP) ko‘magida va Chikago universiteti ilmiy rahbarligida restavratsiya qilindi. Ish jarayonida mutaxassislar dekorativ elementlar, ustunlar, mozaikalar va xattotlik yozuvlarini qayta tikladilar. Loyihada ham mahalliy, ham xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimida Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik, shuningdek, mahalliy jamoatchilik vakillari va xorijiy hamkorlar ishtirok etdi.