Fransiyadagi Villandri qasrida (Endr va Luara departamenti) bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida fransuz rassomi Ogyust Rodenning uzoq vaqt davomida nusxa deb hisoblangan kichik marmar haykali 860 ming yevroga sotildi, deya xabar bermoqda Rouillac auksion uyi sayti.
"Le Desespoir" ("Umidsizlik") deb nomlangan asar mashhur "La Porte de l’Enfer" ("Do‘zax darvozasi") mavzusidagi variatsiya bo‘lib, taxminan 1892-yilda yaratilgan. Haykalda tizzalarini quchoqlab, oyog‘ini ushlab turgan ayol tasvirlangan.
1906-yilda kimoshdi savdosida sotilgandan so‘ng, u ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi va uning egalari uni replika deb o‘ylab, shunchaki pianinoda ushlab turishdi.
Olti haftalik surishtiruvdan so‘ng, ularga haykal Rodenning haqiqiy ishi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
AFP agentligiga fransiyalik auksionchi Emerik Ruyyyak mart oyida fransuz haykaltaroshi merosi bilan shug‘ullanuvchi eng nufuzli tashkilot - Roden qo‘mitasiga murojaat qilganini aytdi. Qo‘mita keng ko‘lamli tadqiqotlar va hatto shajaraviy tahlillardan so‘ng asarning haqiqiyligini tasdiqladi.
Ruyiyak 28,5 santimetrlik marmar haykalni "favqulodda noyob" topilma deb atadi.