Andijon do‘ppisi: hunarmandchilik an’analari va ramzlari
"Andijon do'ppisi" milliy bosh kiyimi yuqori sifatli materiallar, nafis naqshlar va o‘ziga xos shakl bilan ajralib turadi. Mahsulot mahalliy hunarmandchilik maktablari an’analari, kashtachilik va Andijonning madaniy ramzlari asosida yaratilgan. U muhim ramziy ma’noga ega bo‘lib, aholi orasida katta shuhrat qozongan.
image
Do‘ppining geografik ko‘rsatkich sifatida e’tirof etilishi uning kelib chiqishi va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi, shuningdek, buyumning o‘ziga xosligini qalbakilashtirishdan himoya qilishni ta’minlaydi.
So'qoq somsalari: Toshkent viloyatining pazandachilik merosi
Ro‘yxatga olingan obyektlardan yana biri Parkent tumanidagi So‘qoq qishlog‘iga xos "So‘qoq somsasi" milliy taomidir. Somsa noyob tabiiy masalliqlar, jumladan, nodir tog‘ o‘simligi madordan foydalangan holda tayyorlanadi va o‘ziga xos xamir qorish texnikasi va betakror ta’mi bilan ajralib turadi.
Фото: YouTube | Zoff55
Taomning geografik ko‘rsatkich sifatida huquqiy tan olinishi uning ishlab chiqarilgan mintaqa bilan bog‘liqligini kafolatlaydi va mahsulotning madaniy, gastronomik va tarixiy qiymatini himoya qiladi.
Madaniy brendlarni huquqiy himoya qilish
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni Toshkent viloyati Adliya bosh boshqarmasi ko‘magida amalga oshirildi. Idoraning eslatishicha, geografik ko‘rsatkich - bu mahsulotning mintaqaviy kelib chiqishi bilan bog‘liq noyob xususiyatlari mavjudligini tasdiqlovchi intellektual mulk shakli.