Labubular ikki xil rangda — to‘q sariq va ko‘k rangda taqdim etildi. Ularda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina va boshqa siyosatchilarning yuzlari aks etgan.
Foto: РБК

Yaratilish tarixi

Labubu 2015-yilda bolalar ertaklari va Skandinaviya afsonalaridan ilhomlangan gonkonglik rassom Keysing Lungning xayoli mahsuliga aylangan. Bolaligida u Niderlandiyada yashagan, u yerda folklor va mifologiyaga qiziqqan — aynan o‘sha yerdan uning dunyosiga mehribon ko‘zli va yirtqich tabassumli maxluqlar obrazlari kirib kelgan.
Foto: Life FM
Dastlab, Labubu rasmlar va kitoblarda qahramon sifatida paydo bo‘ldi, keyin esa How2Work studiyasi tomonidan figuralar sifatida gavdalantirildi. Dastlab — kolleksionerlar uchun cheklangan tirajlarda chiqqan. Ammo 2019-yilda rassom Xitoyning Pop Mart giganti bilan shartnoma imzolagach hamma narsa o‘zgardi.

Blind-box formati va marketingdagi muvaffaqiyat

Labubu figuralari "blind-box" formatida ishlab chiqariladi — xaridor aynan qaysi variant unga nasib etishini bilmaydi. Ushbu syurpriz elementi kolleksion shov-shuv to‘lqinini keltirib chiqardi va noyob versiyalarni almashishga tayyor bo‘lgan muxlislarning butun jamoalarini shakllantirdi.
Pop Mart kompaniyasi Labubuni brendga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi: mavsumiy va cheklangan seriyali lineykalar, brelokdan tortib ulkan san’at buyumlarigacha bo‘lgan barcha o‘lchamdagi haykalchalar ishlab chiqarilmoqda. Ularning har biri ikkilamchi bozorda 15 dollardan o‘n minglab dollargacha bo‘lishi mumkin.
image
Labubuning K-pop idollari, ta’sir o‘tkazuvchilar va mashhurlar qo‘liga tushib qolishi katta mashhurlikka olib keldi. Qiyofalar sumkalar, kliplar va fotosessiyalarda paydo bo‘la boshladi. Rihanna, Blackpink, Devid Bekhem — ularning barchasi Labubu bilan hech bo‘lmaganda bir marta ko'rinish bergan. Bu o‘yinchoqni moda aksessuari va status belgisiga aylantirdi.