O‘zbekistonda mahalliy va xorijlik sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida yo’l-transport infratuzilmasi yangilanmoqda. Mamlakatda viloyat markazlarini poytaxt bilan bog‘laydigan bir qancha yangi aviakompaniyalar paydo bo‘ldi. Temir yo'llarni modernizatsiya qilish jarayonida - 2026-yilda Toshkent-Xiva tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
O’zbekiston hududida bir shahardan ikkinchisiga samolyot, poyezd yoki avtobusda sayohat qilish mumkin. Toshkent va Qoraqalpog‘iston poytaxti o’rtasidagi masofa esa 1091 kilometr. Bu masofani kupeda yoki samolyot salonida emas, balki C sinfidagi tor sedanda bosib o'tish fikri esa ko’pchilikka xush kelmaydi, albatta. Lekin “Cobalt”, “Gentra” va “Nexia” - aeroport yoki temir yo‘l kassasi bo‘lmagan joylarda yo’lovcilarning og’irini yengil qiladi. 

Poytaxtdan viloyat markazlariga

Nukusga ikki tomonlama ekonom yo’lovchi chiptasi taxminan 1-1,5 million so’m bo’lib, o’rtacha ish haqi 5,8 million bo’lgan insonlar uchun - bu juda katta mablag.  Bundan tashqari oziq-ovqat, kommunal to‘lov va kredit xarajatlari bo’lgan har bir oilada ortiqcha 100 dollar topilishi oson emas.
Bir qarashda viloyatlararo taksilar boshqa transport turlariga nisbatan arzondek tuyiladi. Mashinada bir kishilik joy taxminan 250 ming turadi, biroq talab boshqa transport vositalriga nisbatan yaqqol ko'p bo'lganligi sababli joylar tez to’ladi. Avtobuslar soni esa juda oz bo’lib, chipta narxi 175 mingdan boshlanadi. Shunga qaramay odamlar ko'pincha avtobus yo'lagidan (o'rindiq emas) joy egallashadi.
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Nukusdan Toshkentga ketayotgan avtobus saloni. Foto: Feride Maxsetova
Viloyatlararo taksilarda bir kishilik o'rindiq 250 dan 350 minggacha turadi. Qimmatmi? So'zsiz. Ammo ko’p hollarda yo’lovchilar uchun yagona transport turi taksi bo’lib qolmoqda. Toshkentdan Nukusga taksida borish nafaqat uzoq (taxminan 15 soat), balki xavfli ham. Haydovchilar rulda uxlab qolishlari yoki baxtsiz hodisalar sodir bo'lish xavfi ko'proq. May oyi oxirida Qoraqalpog‘iston axborot vositalarida avtoyo‘lda sodir bo‘lgan yirik avtohalokat oqibatlari aks etgan video paydo bo‘ldi.
2022-yilda esa Ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyatlarlararo avtobus yo‘nalishlari va taksilar narxlarini pasaytirish chora-tadbirlari o’tkazildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari avtoturargohlarni aylanib chiqib bayram oldi narxlarni o’rganib chiqishdi. Ma'muriy choralar ham dinamik raqamlarga ta'sir qilmadi - dam olish va bayramlarda taksilar narxi ikki, uch, hatto to'rt baravarga oshdi.
"Pyatak" Nukus va boshqa shaharlarga qatnovchi taksilar turargohi Toshkentning janubi-gʻarbidagi “Bek-Baraka” bozori yonida joylashgan. Turargohda avtomobillar piyodalar yo'lakchasi bo'ylab tizilib turadi. Yo’nalish oldindan belgilanmagan bo’lsa ham manzil aniq - Nukus. Yo'l haqi joyida haydovchi bilan kelishib, joylar to’lishi bilan yo’lga chiqiladi
Biz yangi “Cobalt”ga chiqib, Nukusga yo’l oldik. Mashina yukxonasi boshqa jo’natmalar bilan to’la edi. Haydovchining tushuntirishicha, yo‘lovchi tashish bilan yo’l xarajatlarini qoblab bo’lmaydi – har shahobchada yoqilg‘i quydirish 80-100 ming so‘m turadi.
image
Oddiy shaharlararo taksi shunday ko‘rinishga ega. Foto: Feride Maxsetova
— “Bir-eki, ana jaqtan tag’i ekeu. 350, 450 analar 350 den i 500 min’ pochta, (Bir, ikki joydan yana yo’lovchi olaman. Har bir pochta 350, 450 va bu 350 va 500 mingdan) — haydovchi shunday deb yo‘l haqini kelishib oladi. "Pochta" - bu boshqa transportda jo'natish noqulay bo'lgan posilka va paketlardir.
Yo'l davomida 5-6 yoqilg’i quyish shoxobchalarida to’xtab o’tamiz. 

Mirzacho’l

Yo’lda Kegeyli dagi Xitoy zavodida tovuq yemlarini qadoqlash bilan shug‘ullanuvchi andijonlik yigit bizga qo’shildi. Uning aytishicha, Andijondan Nukusgacha bo‘lgan yo‘l juda uzoq (yo’lovchi poyezdida deyarli bir kun) — iyun jaziramasi esa yo’l azobini chidab bo’lmas darajaga olib keladi.
Taksi avvalo, Sirdaryo viloyatining ma’muriy markazi Gulistonda to’xtadi. Viloyat markazida uylarning arxitekturasi eʼtiborni tortadi. O'zbek uylarida derazalar ichkariga qarab quriladi yoki umuman qurilmaydi. Nukusda esa uy derazalaridan butun shahar ko’rinib turadi.
Yonida laylaklar uya qurgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida “Cobalt”ga o‘nlab litr benzin quyildi. Endi esa Qozog‘iston bilan chegaradosh bo’lgan Gagarin shaharchasiga yo’l olamiz.
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Sirdaryoning mo‘jaz manzaralari. Foto: Feride Maxsetova

Cobaltda — 15 soat

Uzoq masofalarga yuk tashuvchi haydovchilar odatda radiostantsiyalar yordamida muhim ma'lumotlarni almashishadi va bir-biridan yordam so'rashadi. Haydovchimiz ham shunday qildi, faqat telefon orqali: hamkasblari qayerda ekanliklarini, qancha yo‘lovchi olib ketayotganliklarini, yo’ldagi radarlar va kameralar haqida ogohlantirib bordi.
Agar shahar haydovchilari agregator to'lovlari va yoqilg'i narxidan aziyat cheksa, viloyatlararo haydovchilar uchun asosiy muammo - bu yo'l kameralaridir. Chunki tezlikni oshirib yuborish natijasida jarimalar ba'zan millionlab so'mga keladi.
Taksi haydovchisi haftasiga o’rtacha uch yoki to'rt marta shahardan-shaharga qatnaydi. Nukusga yetib borgandan keyin yo‘l chetida yoki qarindoshlarinikida dam olib, darhol Toshkentga qaytadi. Bu ishda na jadval, na dam olish kuni bor. Hech kim safar oldidan haydovchidan sog‘lig‘i, qon bosimi, necha soat uxlagani haqida so‘ramaydi.
Uyquchanlik bilan kurashishda haydovchilar qahva, energetik ichimliklar va baland musiqani tanlaydi.
Bizning haydovchimiz, taxminan 27 yoshli yigit, yillar davomida baxtsiz hodisalarga qarshi ko’nikma hosil qilganini aytdi. Uning birinchi baxtsiz hodisasi o'n olti yoshida "Jiguli" rulida sodir bo’lgan. Ko'prikdan uchib ketib, daryoga qulaganda qutqaruvchilar haydovchi vafot etgan deb o’ylashgandi.
– Suzib chiqib “Tirikman men”, – dedim, – deb kuladi u.
image
Foto: Feride Maxsetova
Keyinroq yana bir og‘ir baxtsiz hodisa ro‘y bergan ekan — mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, to‘siqqa borib ag‘darilgan. Haydovchimizning aytishicha, u o'limdan qo’rqmaydi, lekin ota-onasi yolg’iz qolishidan xavotir oladi. Ota-onasi uni xatarlardan asrasin deb - bir hovuch emas, butun bir qadoq tuz berishgan ekan.

Yo'l yoqasidagi kafe

Besh soatdan keyin taksi Jizzax yaqinidagi yo‘l chetida joylashgan kafe oldida to‘xtaydi. AQShda bunday muassasalarda an’anaviy gamburgerlar, Rossiyada - pelmen va psevdo-kavkaz taomlari, Kavkazda - xinkali, churchxela va mashina haydamaydiganlar uchun spirtli ichimliklar sotiladi. Bu yerda esa menyu shashlik, palov, lag‘mon va sho’rvadan iborat.
Bu yerda 1 kishi uchun shashlik 25 ming so‘m, ichimliklar va osh esa 63 ming so‘m turadi.
Gagarin shahridan mashinaga o’tirgan er-xotin narxlarni eshitib biroz sergak tortdi. Ikkinchi farzandiga homilador ayoli seriallardagidek hayotini hikoya qila ketdi:
— To‘rtko‘llikman, Xorazmga kelin bo’ldim. Qaynonam tinchlik bermadi: baqirib urushardi. Ajralishga majbur bo’ldim. Opam qoraqalpoqqa turmushga chiqdi — shu orqali men ham ikkinchi bor turmushga chiqdim. U asli Gagarin shahrida tug’ilgan. Hozir Nukusga — opamning yoniga ketyapmiz.
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Yo‘l bo‘yidagi kafelar estetikasi. Foto: Feride Maxsetova
Yana yo’lga otlandik. Oldinda hali to'qqiz soatlik yo'l bor. Mashina 130 km/soat tezlik bilan Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarini ortda qoldirdi. Tungi soat ikkida haydovchi mashinani yo'l chetiga qo'yib, bir oz uxlab dam olishni taklif qildi. Yonimizdan vaqti-vaqti bilan mashinalar o'tib ketishardi. Sokin sahroda hammamiz uyquga ketdik.
Ertasiga esa Qoraqalpog’istonga kirib keldik. Haydovchi Beruniyda oxirgi marta benzin olish uchun to’xtadi. Shu yerdan Nukusgacha - 146 kilometr.
Qoraqalpog‘iston nafaqat turistik diqqatga sazovor hudud, balki qadim tarixiga, o’z an’ana va qadriyatlariga ega bo‘lgan maskandir. Buni chang bosgan va quruq dashtlarni jaziramada soatlab bosib o’tgachgina, anglash mumkin.
Ehtimol, ana shu sabab, xalqimiz hali hamon viloyatlararo taksilardan  foydalanmoqdadir.
Hikoya sizga yoqdimi? Bizni Instagram va Telegram sahifalarimizda kuzatib boring - u yerda yanada qiziqarliroq ma’lumotlar topasiz.