Pokiston hukumatining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, Tramp Janubiy Osiyoning ikki yadroviy davlati o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish jarayonidagi "qat’iy diplomatik aralashuvi" va "asosiy yetakchiligi" uchun xalqaro e’tirofga loyiq.
Keng ko‘lamli urush tahdidi fonida Donald Tramp norasmiy vositachi sifatida harakat qildi. U ikki tomon vakillari bilan bir qator telefon suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazdi, Pokiston rasmiylariga ko‘ra, bu mojaroni jilovlash va tomonlarni muloqotga qaytarishda burilish nuqtasi bo‘ldi.
"Prezident Tramp Islomobod bilan ham, Nyu-Dehli bilan ham parallel ravishda muzokaralar olib borib, katta strategik uzoqni ko‘ra bilish va ajoyib davlat donoligini namoyish etdi," - deyiladi bayonotda.
7-mayga o‘tar kechasi Hindiston armiyasi "Pokistondagi terrorchilik infratuzilmasiga qarshi" "Sindur" operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Mojaro kuchayishidan oldin Paxalgamdagi terakt sodir bo‘lgan. Keyinroq Donald Tramp tomonlar Vashington vositachiligida o‘t ochishni to‘liq va zudlik bilan to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi. Tomonlar kelishuvni tasdiqladilar.
Tinchlik uchun Nobel mukofotini kim va nima uchun oladi?
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti har yili tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini rivojlantirish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish va diplomatiyani rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan shaxslar yoki tashkilotlarga beriladi. Ko‘pincha nomzodlar orasida inson huquqlari himoyachilari, xalqaro tashkilotlar (masalan, BMT, JSST, Chegara bilmas shifokorlar), mojarolarni to‘xtatishga erishgan siyosiy yetakchilar, shuningdek, iqlim adolati va ijtimoiy o‘zgarishlar tarafdori bo‘lgan arboblar bor. So‘nggi yillarda mukofot pandemiyalarga qarshi kurash, so‘z erkinligini himoya qilish va demokratiyani targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun ham berildi.
Tramp uchun muhim voqea
Avvalroq Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan edi, biroq bu rasmiy hukumat xalqaro mojaroni hal qilish munosabati bilan uning nomzodini ochiqchasiga ilgari surgan birinchi holatdir.