Voqea italyan barokko rassomi Anton Domeniko Gabbiani tomonidan chizilgan "Toskaniyaning buyuk gersogi Ferdinando de’ Medichi" (taxminan 1695-1700) asari yonida sodir bo‘lgan.
Muzey ma’lumotlariga ko‘ra, erkak tashrif buyuruvchilar va san’at asari o‘rtasidagi masofani cheklash uchun mo‘ljallangan platformaga qoqilib ketgan. Natijada rasmda teshik hosil bo‘lgan. Voqea joyi kuzatuv kameralariga tushib qolgan va mahalliy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
Videodan skrinshot
Zarar "nisbatan kichik" deb topilganiga qaramay, ko‘rgazma 2-iyulgacha vaqtincha yopildi. Kartina restavratsiyadan o‘tkaziladi va keyin ekspozitsiyaga qaytariladi, u rejalashtirilganidek, 28-noyabrgacha ochiladi.
Uffitsi galereyasi direktori Simone Verde muzeylarga tashrif buyuruvchilarning mas'uliyatsiz xatti-harakatlarini qoralab bayonot berdi:
"Mem va selfi uchun muzeylarga keladigan odamlar muammosi ommaviy tus olmoqda. Biz institutlarimiz va madaniy merosimizga hurmat bilan bog‘liq bo‘lmagan xatti-harakatlarning oldini olish uchun aniq cheklovlar o‘rnatamiz".

Shuningdek, u sayyoh zudlik bilan aniqlangani va javobgarlikka tortilishini qo‘shimcha qildi.