Tadbirda turizm sohasi vakillari, ishbilarmon hamkorlar va Buyuk Britaniyadan mehmonlar ishtirok etdi.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida Xorazm va Samarqand viloyatlari turizm sohasi vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlari va Road Show o‘tkazildi. Ular o‘z loyihalarini va o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etib, britaniyalik hamkasblarida katta qiziqish uyg‘otdi va hamkorlikda ishlash uchun yangi istiqbollarni ochdi.
Ishbilarmonlik uchrashuvlari bilan parallel ravishda Sofi Ibbotson va Taslima Alam ishtirokida islom san’ati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarga O‘zbekistonning noyob madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi va hamkorlar o‘rtasida norasmiy aloqalar o‘rnatildi.