Makronning so‘zlariga ko‘ra, "French Touch nafaqat janrga aylandi — bu avlodning yuzi, butun dunyoga eksport qilinadigan madaniy kod". Madaniyat vazirligi allaqachon YUNESKOga ariza topshirish jarayonini boshlagan. E’tirof so‘nggi yillarda asosiy oqim sanoati bosimi va mustaqil klublarning yo‘qolishidan aziyat chekayotgan fransuz elektron musiqasi sahnasi maqomini kuchaytirishi mumkin.
Ba’zi tanqidchilar Makronning tashabbusini saylovoldi strategiyasining bir qismi, yoshlar va ijodiy ziyolilarning mehrini qozonish istagi deb atashadi. Biroq, madaniyat xodimlarining mutlaq ko‘pchiligi bu g‘oyani olqishlaydi.
"Musiqa me’morchilik yoki til kabi meros elementidir", — dedi prodyuser va DJ Loran Garnier.

French Touch nima?

French Touch 1990-yillarning boshlarida Fransiyada elektron sahna rivojlanishi fonida paydo bo‘ldi. Janr amerikancha xausdan ohangdorligi, 1970-yillardagi fank va diskoni namunalash, shuningdek, vintaj qoplamasi bilan maxsus tovushli ishlov berish bilan ajralib turardi. Neon grafikasi, Daft Punk shlemlari, pop-art va ilmiy fantastikaga ishora qiluvchi muqovalar bilan vizual uslub ham o‘ziga xos xususiyat kasb etdi.
Janr Daft Punk`ning Homework (1997) va Discovery (2001), Justice`ning Cross kabi albomlari, shuningdek, 2000-yillarning pop musiqasi va modasiga ta’sir ko‘rsatgan ko‘plab remikslar tufayli mashhurlikka erishdi.