Davlat rahbari O‘zbekistonda islohotlar boshlanishi bilan "ilm — tarbiya — innovatsiya" zanjiri yaratilgani, bugungi kunda bu strategiya o‘zining amaliy samarasini berayotganini ta’kidladi.
"Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 30 nafar O‘zbekiston fuqarosi dunyoning o‘nta yetakchi oliy o‘quv yurtida tahsil olmoqda. Yana 500 ga yaqin talabalar jahon reytingining eng yaxshi 100 taligiga kirgan universitetlarda, 1500 dan ortiq talabalar esa eng yaxshi 300 talikka kirgan oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda.