12-sentabr kuni "Ilhom" teatrida rejissyor Aleksandr Plotnikovning “ProLogisticServices” ko‘magida tayyorlangan “Urushsiz yigirma kun” spektaklining ilk namoyishi bo‘lib o‘tadi. Premyera uchun chiptalar sotuvi yaqin kunlarda ochilishi kutilmoqda.
Ko‘rgazmalar zalida ushbu muhim voqea munosabati bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida teatrning yarim asrlik tarixiga bag‘ishlangan loyiha namoyish etiladi.
Shuningdek, “Ilhom” teatri badiiy rahbari, rejissyor va aktyor Boris G‘ofurov o'z intervyusida sahna mahorati, tomoshabinlar, yosh avlod va Mark Vaylning o'chmas me'rosi haqida so‘z yuritadi. Material havolada mavjud.