Qozog‘iston trilleri “Auru” milliy kinoda
tarixida o’chmas iz qoldirmoqda: film Gorillaz guruhining afsonaviy “Feel Good
Inc.” trekidan rasmiy saundtrek sifatida foydalanish huquqini qo’lga kiritdi.
Markaziy Osiyoda birinchi marta jahon darajadagi hit-kompozitsiya saundtrek
sifatida litsenziyalandi.
Bu nima uchun muhim?
"Feel Good Inc." - XXI asrning
eng mashhur qo’shiqlaridan biri bo’lib, qo'shiq Grammy mukofotini qo'lga kiritgan,
bundan tashqari 2005-yildan beri jahon chartlarida yuqori o’rinlarni egallab
kelmoqda. YouTube platformasida esa 1,2 milliarddan ortiq marotaba tomosha
qilingan. Filmda ushbu kompozitsiya shunchaki musiqiy element emas, balki
qahramonlar duch keladigan illuziyalar va soxta rahm-shafqatning ramzi bo’lib
xizmat qiladi.
Film haqida qisqacha
"Auru" - provokativ triller va noir
uslubidagi psixologik drama. Rejissyor — «Sheker» veb-seriyasi va boshqa loyihalari
bilan tanilgan Aytore Joldaskali. Bosh rollarni Ayan Otepbergen va Dilnaz
Qurmangaliyeva ijro etadi. Film Kann kinofestivalining professional platformasi
bo'lgan Marché du Filmda taqdim etildi.
Premyera qachonga rejalashtirilgan?
Filmning jahon premyerasi 2025-yil
13-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, film bir qator xalqaro
kinofestivallarda ham namoyish etiladi.