17-avgust kuni Londonda boʻlib oʻtgan “Muhabbat
fantaziyasi uchun” (“For the Love of Fantasy”) festivali chogʻida Gendalf roli
ijrochisi Ian MakKellen “Uzuklar hukmdori: Gollum ovi” spin-offida uning
qahramoni ekranga qaytishi mumkinligiga ishora qildi.
Entertainment Weekly nashrining xabar berishicha, aktyor: “Filmda Frodo, hamda Gendalf ismli qahramon bor. Qolgani haqida esa hech narsa aytolmayman”, — deya javob bergan.
Original trilogiyada Frodo rolini o‘ynagan
Elayja Vud, MakKellen va trilogiyaning boshqa aktyorlari bilan birga sahrada
bo‘lishi afsonaviy duetning qaytishi haqidagi mish-mishlarning yana
kuchayishiga sabab bo‘ldi — garchi ushbu xabar hanuz rasman tasdiqlanmagan.
Shunga qaramay, jamoatchilikning reaksiyasi mish-mishlar to'lqinini keltirib
chiqardi.
"Uzuklar hukmdori" spin-offi haqida nimalar ma’lum?
- Yangi sarguzasht filmi hozirda ishlab
chiqarish bosqichida bo‘lib, premyerasi 2027-yilga belgilangan.
- Film rejissyori Endi Serkis (Gollum
rolini ijro etadi) bo’lib, unga Piter Jekson, Fren Uolsh va Filippa Boyens
prodyuserlik qiladi.
