Jeyms Ganning "Supermen" filmi va Bred Pitt ishtirokidagi "F1" avtodramasi kassa daromadlari bir-biridan ortda qolmayapti. Ikkala filmning butun dunyo bo’ylab kassa tushumlari 600 million dollarga yaqinlashmoqda.
Box Office Mojo ma'lumotlariga ko'ra, “Supermen” 594,5 million dollar, shundan 340,9 millioni AQSh va Kanada davlatlaridan to’plangan. “F1” esa 590 million dollar daromadga erishdi. Buning 182,8 million dollarini Shimoliy Amerika, qolgan 407,2 million dollarini esa jahon kassalaridan olingan tushumlar tashkil qiladi.

Daromad masshtabi

Jahon prokatida 600 million dollar daromad katta ko‘rsatkich hisoblanadi: qiyoslash uchun o‘rtacha blokbaster 300-400 million dollar daromad keltiradi. Istisno sifatida “Avatar” (2022 va 2023-yillarda 2 milliard dollardan ortiq) yoki “Barbie” (taxminan 1,5 milliard dollar) kabi bir nechta filmlarni keltirish mumkin.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, har ikkala film ham yaqin kunlarda yuqoridagilar qatoriga kiradi. Hozircha tomoshabinlar filmlarni shahar kinoteatrlarida tomosha qilishlari mumkin.