Amerika platformasida Qozog‘istonning “Bir zamonlar N shahrida” qisqa metrajli filmini taqdim etdi

Apple TV+ striming platformasi katalogiga Qozog'istonlik rejissyor Alibi Mukushevning "Bir zamonlar N shahrida"(“Once in City N”) qisqa metrajli filmi qo'shildi.

Amerika platformasida Qozog‘istonning “Bir zamonlar N shahrida” qisqa metrajli filmini taqdim etdi

Nuar uslubidagi psixologik dramada odamlar faqat qora va oq ranglarni ko'radigan utopik shahar aholisi haqida hikoya qilinadi. Film 2018-yildanoq Qozog'iston hamda xorij kinoshinavandalarining e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Apple TV+ afzalligi?

Filmning xalqaro platformada e'lon qilinishi jahon miqyosida Qozog‘iston kinematografiyasiga bo'lgan qiziqishni oshiradi.

“Bir zamonlar N shahrida” (“Once in City N”) filmi, Apple TV+ dan tashqari, Premier va Kinopoisk platformalarida ham mavjud.

Mukofotlar:

- 72-Kann kinofestivalining Marché du Film bo'limi nomzod ko'rsatilgan;

- Los-Anjelesdagi IFilmfestivalda hakamlar hay'ati mukofoti;

- Oberxauzen xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida namoyish etildi;

- Yevroosiyo kinofestivalining “Yangi nomlar” («Новые имена») dasturiga kiritildi;

- Film Qozog‘iston Kinematograflar uyushmasining “Eng yaxshi rejissyor” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Teglar:Mahalliy
Ulashish:

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.