В Transsib podkastining yangi sonida arxitektura tadqiqotchisi va jurnalist Lyuchiya Bellinello o‘z sohasining eng yirik obyektlaridan biri bo‘lgan Parkentdagi quyosh pechi haqida so’zlab berdi. Muallifning ta’kidlashicha, bu obyekt arxitektura sohasida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
2025-yilgi arxitektura koʻrgazmasi 10-may kuni o’z faoliyati boshlagan va u 23-noyabrga qadar davom etadi. Bu yilning asosiy mavzusi - “Aql-idrok: tabiiy, sun’iy, kollektiv” (“Intelligens. Natural. Artificial. Collective.”) deb belgilangan. Kontseptsiya esa arxitektura tabiat va texnologiyalarni o’z ichiga  oladi.
Transsib - Luchiya Bellinelloning shaxsiy podkasti bo'lib, unda Markaziy Osiyo mamlakatlari va postsovet hududidagi boshqa hududlardagi madaniy hayot haqida so'z boradi.
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Suhbatning boshqa ishtirokchilari:
Odilxo‘ja Parpiev – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori; Yekaterina Golovatyuk – Biennaledagi O‘zbekiston paviloni hammuallifi va GRACE studiyasi arxitektori; Francheska Olivyeri - me'mor, shuningdek, zamonaviy arxitektura tadqiqotchisi, Politecnico di Milano xodimi.
“Bugungi kunda quyosh pechi mamlakat energetika transformatsiyasining asosiy elementi va sovet modernizmining yorqin namunasi sifatida ko’rilmoqda”, — deb ta’kidlaydi Uzbekistan National Pavilion.

O‘zbekiston paviloni

Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston paviloni – GRACE studiyasining (Yekaterina Golovatyuk va Yuliya Shtamm) kuratorlik loyihasi “A Matter of Radiance” alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ekspozitsiyaning asosiy ob’ekti – 1987-yilda sovet davrida qurilgan Parkentdagi quyosh pechidir. Bu ushbu sohaning eng yirik inshootlaridan biri bo‘lib, ulkan ko‘zgu kompleksi quyosh nurini fokuslab, 3000 °C harorat hosil qiladi. Biennaleda quyosh pechi Markaziy Osiyoning global madaniyatdagi rolini qayta talqin qilishi mumkin bo‘lgan energiya, nur va g‘oyalar manbaini tamsil etadi.