Nyu-York John Kennedi aeroportining
6-xalqaro terminalida yo‘lovchilarni nafaqat samolyotlar va aeroport xodimlari,
balki san’at asarlari ham kutib oladigan makonga aylantiriladi. Shaharning
yetakchi madaniy muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu
loyiha JFK aeroportini ochiq osmon ostidagi haqiqiy muzeyga aylantiradi.
Art-ko'rgazma ishtirokchilari:
- American Museum of Natural History: Tirannozavr skeletidan Rapa Nui haykalchalari va interaktiv elementlargacha bo‘lgan eng ikonik eksponatlarning vizual kollaji.
- Lincoln Center for the Performing Arts: Musiqa, teatr, raqs va me‘morlik asarlarini o‘z ichiga olgan 140 futlik hayratlanarli devoriy rasm – shahar-sahnaning vizual simfoniyasi.
- Metropolitan Museum of Art: "Yakkashox" gobelenidan Dior kostyumigacha bo‘lgan 17 ta kolleksiyasidagi asosiy asarlarning fotosuratlari.
- Museum of Modern Art (MoMA): Tinchlik va faollik haqidagi asaridan ilhomlangan "TINCHLIK – KUCHDIR" mavzusidagi Yoko Ono bilan birgalikdagi installyatsiya.
Nima uchun bu muhim?
JFK millionlab sayyohlarni Nyu-Yorkning
madaniy xilma-xilligi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Loyiha hozirdanoq
san'atni metropoliya infratuzilmasi bilan birlashtirishning yangi standarti deb
nomlanmoqda.
Loyiha jadvali:
- Ko’rgazmaning birinchi bo’limi badiiy kompozitsiyalarning bir qismi bilan birga 2026-yilda ochiladi.
- Loyiha yakuni 2028-yilga rejalashtirilgan.
Barcha asarlar "Muzey
qatori" deb nomlangan Xalqaro tashriflar hududida doimiy ko'rgazmaning bir
qismi bo'ladi. To'plam
Public Art Fund tomonidan 19 ta katta hajmdagi san'at ob'ektlari va Kvins
rassomlarining Jamaica Center for Arts & Learning aylanma ko‘rgazmalari
bilan boyitiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JFK -
nafaqat Qo'shma Shtatlardagi eng yirik aeroportlardan biri, balki yo‘lovchilar
terminaldan chiqishidan oldin turizm va san‘atni o’zida mujassam etgan madaniy-ma'rifiy
pavilionga aylanmoqda.
