Kann kinofestivalining eng munozarali va
shov-shuvli filmlaridan biri – Ari Asterning “Eddington” filmi endi raqamli
platformalarda taqdim etildi. Filmda bosh rollarni Xoakin Feniks, Pedro Paskal
va Emma Stoun ijro etgan.
Film haqida qisqacha
Film epidemiya paytida ishini yo'qotib,
shuhratparast sherif bilan to'qnash kelgan kichik shahar hokimi haqida hikoya
qiladi. Dastlab bu g‘oya 2020-yilga, ya’ni koronavirus avj olgan davrga to‘g‘ri
kelgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat hikoya erkaklar egoizmi, politsiya zo‘ravonligi va
siyosiy o‘yinlar haqidagi tanqidiy satiraga aylandi.
Xalqaro prokat va festivaldagi muvaffaqiyatsizlik
Film na tanqidchilar, na tomoshabinlar
tomonidan iliq qabul qilinmadi. Sharhlovchilarning fikricha “Eddington” haddan
tashqari qimmat ish bo’lib, va syujet ba’zi o’rinlarda to’liq yakunlanmagan.
The Guardian filmni " kino pyesasiga aylantirilgan yangiliklar lentasi"ga
qiyoslagan bo'lsa, tomoshabinlarni filmning haddan tashqari uzoq davom etishi
(2,5 soat) qoniqtirmagan.
Yulduzli aktyorlar va mashhur rejissyor
tajribasiga qaramay, byudjeti 25 million dollar bo'lgan film butun dunyo
bo'ylab bor-yo'g'i 12 million dollar daromad keltirdi.
Ikkinchi imkoniyat
Endilikda “Eddington” raqamli platforma orqali
yangi imkoniyatni qo’lga kiritdi. Asosiy savol shundaki, film o'z
auditoriyasini topadimi yoki Ari Asterning eng shov-shuvli muvaffaqiyatsizligi
sifatida tarixga kiradimi?
