20 avgust kuni Bishkek shahrida Zakovat kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o’zaro bellashdi. Turnirni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va qirg‘izistonlik hamkasbi Adilbek Qosimalievlar ochib berishdi.
Adilbek Qosimaliyev o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasida do‘stona diplomatik munosabatlar mavjudligini ta’kidlab, Shavkat Mirziyoyev va Saida Mirziyoyevaga minnatdorlik bildirdi.
Yillar davomida O'zbekiston terma jamoasi “Zakovat” chempionatida yuqori natijalarni ko'rsatib kelmooqda. Bu yilgi hal qiluvchi bahsda ham O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston terma jamoasini 5:4 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqa haqida

  • “Zakovat” – 2001-yilda O‘zbekistonda dastlab “Nima? Qayerda? Qachon?” deb nomlangan mashhur rus viktorinasining milliy versiyasi sifatida ishlab chiqilgan;
  • 2018-yildan buyon ishtirokchi davlatlarning taʼlim va madaniyat vazirliklari koʻmagida turnirlar oʻtkazib kelinmoqda;
  • Bishkekda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya terma jamoalari “Brain ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat” yo‘nalishlari bo‘yicha bahslashdilar;
  • Bugunga qadar London, Ostona, Olmaota, Dushanbe va Berlin shaharlarida “Zakovat” turnirlari o’tkazilgan.