22-24 avgust kunlari Sankt-Peterburgda Rossiya va MDH mamlakatlari kino
ijodkorlari ishtirokida VI Xalqaro Lendoc
kinofestivali (LEFF) bo‘lib o‘tadi.
Tanlov
dasturiga sakkiz davlatning 30 dan ortiq filmlari kiritilgan. Kinofestivalga
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belarus,
shuningdek, Hindiston va Xitoy (bu yil birinchi marta) rejissyorlari,
prodyuserlari, aktyorlari va madaniyat arboblari taklif etilgan. Asosiy
tanlovda chet el ijodkorlari bilan bir qatorda o‘zbek rejissyorlarining ijod namunalari
ham taqdim etiladi.
Dasturni Farhat Sharipovning “Evakuatsiya”
(“Evacuation”) jangovar dramasi ochib beradi. Festival Rossiya Madaniyat
vazirligi va Sankt-Peterburg madaniyat qo‘mitasi homiyligida "Lendoc”
kinostudiyasi va “Kinomadaniyat” (АНО «Кинокультура») tomonidan tashkil
etilgan.
Festival haqida qisqacha
- Lendoc kinofestivali (LEFF) Sankt-Peterburg shahrida 2020-yildan buyon “Lendoc” kinostudiyasida o‘tkazib kelinmoqda;
- Festival Rossiya, MDH mamlakatlari va qo'shni Osiyo mamlakatlarning madaniy va etnik xilma-xilligini targ'ib qilishga qaratilgan.
- LEFF dasturi badiiy va hujjatli filmlardan iborat.