Qirg'iziston

Rejissyor Emil Atageldiyev va prodyuser Erke Jumakmatovaning “Quroq” (“Kurak”) filmi «Eng yaxshi Osiyo filmi» nominatsiyasida ishtirok etmoqda. Film Qirg‘iziston Madaniyat Vazirligi, Axborot va yoshlar siyosati vazirligi homiyligida yaratilgan. Filmning jahon debyuti ushbu festivalda bo’lib o’tadi.

Qozog'iston

Natalya Uvarovaning debyut filmi “Malika”, mustaqil filmlar o’rin olgan “Vision” dasturiga kiritildi.
“Filmda urf-odat va an’analarga bo’lgan hurmat hamda erkinlik o'rtasida qolgan o’smirning his-tuyg'ularni tasvirlangan”, - deb ta'kidlaydi rejissyor. Film onasining qayta turmush qurish qarori ortidan hayoti o‘zgarib ketgan o‘n ikki yoshli qizning hayoti haqida hikoya qiladi. Bosh rollarni esa professional bo‘lmagan aktyorlar ijro etgan.
Markaziy Osiyo filmlarining xalqaro festivallarda namoyish etilishi mintaqa kino sanoati uchun katta qadam.