Ateliers Varan hamda Tashkent Film School birgalikda Toshkent xalqaro hujjatli filmlar laboratoriyasiga ikkinchi qabul jarayonlarini boshladi. Loyiha Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Ariza topshirish talablari:
  • CV (avtobiografiya)
  • Motivatsion esse
  • Ijodiy ishlarga havolalar (agar mavjud bo‘lsa)
Arizalar 20-sentyabr 2025-yilgacha qabul qilinadi. Tanlovda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston fuqarolari (jumladan, davlatdan tashqarisida yashovchi fuqarolar ham) ishtirok etishi mumkin.
Dastur 6 hafta davom etadi: 13 oktyabrdan 19 noyabrga qadar Ishtirok etish shartlari:
-          18 yoshdan oshgan bo’lish;
-          Ingliz tilini bilish;
-          Barcha darslarga o’z vaqtida qatnashish.
Loyihada qatnashish mutlaqo bepul. Turar joy (Toshkent aholisi bundan mustasno), ovqatlanish, sayohat xarajatlari, shuningdek, suratga olish va montaj qilish uchun zarur barcha jihozlar tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi.
  • Ishtirokchilar qisqa metrajli hujjatli film yaratishni to’liq o’rganishadi: g‘oyani ishlab chiqishdan materialni tayyor holatga keltirishgacha;
  • Dastur nazariy (ssenariy yozishni o'rganish) va amaliy mashg'ulotlarni (tasvirga olish, montaj qilish) o’z ichiga oladi;
  • Loyiha Yevropa Vazirligi hamda Fransiyaning tashqi ishlar vazirligi ko‘magida CFI Médias tashabbusi bilan tashkil etilgan Horizons Médias (2025–2027) xalqaro dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
  • Loyihaning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida kino sanoatini rivojlantirish va audiovizual sohada mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Ariza topshirish uchun havola
Eslatma: Arizalar faqat ingliz tilida qabul qilinadi