Maʼlumotlarga koʻra, roman chop etishga tayyor, biroq uning nomi va syujetini nashriyot tomonidan sir saqlanmoqda.
Odatda, Pelevin o'z loyihalari tafsilotlarini oldindan oshkor qilmaydi. Shunga qaramay, uning asarlari qisqa muddatda adabiyot dunyosida buyuk qiziqish uyg’otadi. Kuz oylarida muxlislar yozuvchining yangi kitobini intizorlik bilan kutishadi. Misol uchun, "Krut" («Круть») romani 2024-yilda Rossiyada eng ko'p o'qilgan fantastik asarlardan biri bo’lgan.
Tanqidchilarning ta'kidlashicha, Pelevin satira, falsafa va postmodern voqelikni bir-biri bilan mohirona uyg'unlashtira oladi.
Yaqin kunlarda nashriyot yangi roman haqida batafsil ma’lumot berishi kutilmoqda.