O‘zbek filmlari Sankt-Peterburgdagi Lendoc xalqoro kinofestivalida ishtirok etadi
O‘zbekiston rejissyorlarining filmlari 22-24 avgust kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan VI Lendoc Film Festivalining asosiy tanlov dasturiga kiritildi.

22-24 avgust kunlari Sankt-Peterburgda Rossiya va MDH mamlakatlari kino ijodkorlari ishtirokida VI Xalqaro Lendoc kinofestivali (LEFF) bo‘lib o‘tadi.
Tanlov dasturiga sakkiz davlatning 30 dan ortiq filmlari kiritilgan. Kinofestivalga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belarus, shuningdek, Hindiston va Xitoy (bu yil birinchi marta) rejissyorlari, prodyuserlari, aktyorlari va madaniyat arboblari taklif etilgan. Asosiy tanlovda chet el ijodkorlari bilan bir qatorda o‘zbek rejissyorlarining ijod namunalari ham taqdim etiladi.
Dasturni Farhat Sharipovning “Evakuatsiya” (“Evacuation”) jangovar dramasi ochib beradi. Festival Rossiya Madaniyat vazirligi va Sankt-Peterburg madaniyat qo‘mitasi homiyligida "Lendoc” kinostudiyasi va “Kinomadaniyat” (АНО «Кинокультура») tomonidan tashkil etilgan.
Festival haqida qisqacha
- Lendoc kinofestivali (LEFF) Sankt-Peterburg shahrida 2020-yildan buyon “Lendoc” kinostudiyasida o‘tkazib kelinmoqda;
- Festival Rossiya, MDH mamlakatlari va qo'shni Osiyo mamlakatlarning madaniy va etnik xilma-xilligini targ'ib qilishga qaratilgan.
- LEFF dasturi badiiy va hujjatli filmlardan iborat.
Shuningdek o‘qing
Quruvchilar kuni 2026: Astanadagi sohaning asosiy voqeasi
HD magazine Tahririyati
Olmaotada «Qurultay quruvchilar 2026» keng ko‘lamli forumi o‘tkaziladi
HD magazine Tahririyati
Jeki Chan Qozog‘istonda seriyaning to‘rtinchi filmini suratga olishni boshladi
HD magazine Tahririyati
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.