QYZQARAS Film Festival 2025 shu yilning 22-31 avgust kunlari Qozog’istonda boʻlib oʻtadi. Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, ushbu mustaqil festival “ayollarning kino sohasidagi dunyo qarashi”ni yoritib beradi.
Festival dasturida Qozog’iston ijodkorlarining qisqa va toʻliq metrajli badiiy filmlari premyerasi, shuningdek, ilk bor namoyish etilayotgan xorijiy filmlar o’rin olgan.
Festival doirasida Yana Skopina, Bota Koyliboyeva, Malika Muxamedjan va Oygul Nurbulatovalar bilan ochiq ma’ruzalar, mahorat darslari va munozaralar bo’lib o’tadi.
Dastur shuningdek, quyidagi loyihalarni ham o‘z ichiga oladi:
  • “Ko‘rinmas ayollar” (“Invisible Women”) — kino tarixida ayollarning ko’zga ko’rinmas, ayni vaqtda beqiyos mehnati haqidagi loyiha;
  • “Osiyo kino kechasi” (“Asian Movie Night”) — Osiyolik ayol kino ijodkorlari bilan muloqot hamda yangi filmlar namoyishi.
“QYZQARAS” kino sanoatidagi ayol ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda, ularning qarashlarini jamoatchilik muloqotining bir qismiga aylantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan (Manshuq Media).
Filmlar premyerasi va maʼruzalar bepul boʻlib, faqatgina roʻyxatdan oʻtish yetarli. Loyiha dasturi, joylar va batafsil maʼlumotlar havolada keltirilgan.
Festival 2023-yildan beri Tselinny madaniyat markazi va Fransiyaning Qozog‘istondagi elchixonasi tomonidan o’tkazib kelinmoqda.