The Art Newspaper nashrining 2025-yil reytingiga ko'ra, Erik Bulatov eng qimmat rus rassomlari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Ilgari bu o‘rinni Ilya Kabakov egallagan edi, biroq rassom 2023-yilda vafot etishi bilan Bulatov yetakchilikni qo'lga kiritdi.
"KPSSga shon-sharaf" («Слава КПСС») (1975) asari 2008-yil fevral oyida Londondagi Phillips auksion uyi tomonidan 2 159 673 dollarga sotilgan - bu hali ham bir rassom uchun rekord summa hisoblanadi.
Forbes ma'lumotlariga ko'ra, Bulatov asarlarining umumiy qiymati qariyb 2,7 million dollarni tashkil etadi.
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3

Rassom haqida qisqacha

Erik Bulatov - Moskva kontseptualizmi va "sots-art" harakatining asosiy namoyandasi. Rassom o’z uslubini "yangi turdagi rassomchilik" deb ataydi. Bundan tashqari, "Stop" («Стоп»), "KPSSga shon-sharaf" («Слава КПСС»), "Kirish - kirish yo'q" («Вход — нет входа»), "Ozodlik - ozodlik" («Свобода — свобода») asarlari san’atkorga katta mashhurlik olib kelgan.
Bulatov 91 yoshda ham san’at faoliyatini davom ettirmoqda. 1980-yillarning oxiridan beri rassom Fransiyada yashaydi. Uning asarlari dunyoning eng yirik muzeylarida, jumladan, Pompidu markazi va Tretyakov galereyasida namoyish etilgan.