Untitled Foundation rassom va kurator Tornike
Bendeliani bilan birgalikda shaxsiy ko'rgazma o’tkazish niyatida bo’lgan san’atkorlar
uchun tanlov e’lon qiladi. Ishtirok etish uchun turli sohalarda ijod qiluvchi
rassomlar ariza topshirishlari mumkin: tasviriy san'at, kino, musiqa, balet.
Ariza topshirish muddati – 2025-yil 15-sentyabrgacha.
Ko'rgazma 2025-yil oktyabr oyida Moskvada bo'lib o'tadi. Yosh chegarasi yo'q;
dunyoning istalgan nuqtasidan ariza topshirish imkoni mavjud. Barcha
xarajatlar, shu jumladan loyiha uchun materiallar, ishlarni tashish va
o'rnatish jamg’arma tomonidan qoplab beriladi.
Tanlov natijalariga ko'ra, rassomga 50 000
rubl miqdorida grant to'lanadi.
Ishtirok etish shartlari:
·
Portfolio, BIO, CV va rassom
bayonoti;
·
Taqdim etilayotgan loyihalar
tavsifi;
·
Aloqa ma'lumotlari (telefon,
telegram, WhatsApp);
·
Ijtimoiy tarmoq va veb-saytga
havola (agar mavjud bo'lsa).
Ko’rgazma o'tkazilish joyi: №10 (Moskva shahri).
Arizalar tornikebendeliani.tk@gmail.com
elektron pochta orqali "Open Call №10" mavzusida qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot havolada.
