Tadbir “Yunusobod” sport majmuasi hududida, Toshkent teleminorasi yaqinida o'tkaziladi. Bu yilgi festival ochiq osmon ostida (open-air) jahon va mamlakatimiz san'atkorlarini birlashtiradi.
Ishtirokchilar qatoridan Acid Arab, Kikelomo, Basic Channel, No Plastic, shuningdek, Sabinē, Trace, Lola, Bu Qala va O‘zbekiston yoshlar xori o'rin egallagan.
Musiqiy chiqishlar bilan bir qatorda, Resident Advisor hamkorligida yopiq konferensiya ham bo‘lib o‘tadi. Unda musiqiy soha mutaxassislari o‘zaro tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi.
HD magazine esa ushbu tadbirni yoritib boradi. Yangiliklarni veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring. Jamoamiz Sublimation festivali SB25HDMAG promo-kodi bilan 30% chegirma tayyorladi. Promo-kod iTicket va Sublimation Lab saytlarida amal qiladi.
