Majmua konsepsiyasi Yaponiyaning Tadao Ando Architect & Associates byurosi va Germaniyaning Atelier Brückner studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, qurilish ishlari Xitoyning CSCEC International Construction kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Muzey hududida ko‘rgazma zallaridan tashqari kutubxona, laboratoriyalar, anjumanlar zali, bolalar maydonchalari, do‘kon va kafelar ham bo‘ladi.
Maydonning asosiy qismi esa jamoat va ilmiy tashabbuslar uchun ajratiladi.
Muzey Abdulqosim madrasasi, Xalqlar do‘stligi saroyi va Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i bilan yagona me’moriy ansamblni tashkil qiladi.
