Dastlabki oylarda markaz cheklangan formatda
ish boshlagan. Bugungi kunga kelib, dasturlar grafigi asta-sekin kengaytirildi.
To'liq ish jadvali 2026-yil yanvar oyida taqdim etiladi.
Markazda ko'rgazmalar, spektakllar va ma'rifiy
tashabbuslar, shuningdek, ma’ruzalar, suhbatlar, kitob taqdimotlari, amaliy
mashg‘ulotlar va davra suhbatlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu yilning 6 va 7-sentabridan 7-dekabrigacha
markazda “Barsakelmes” spektakli taqdim etiladi. Sarlavha Orol dengizida g’oyib
bo’lgan yodgorliklarga ishora qiladi. Spektakl musiqa, tasviriy san’at va
Markaziy Osiyo afsonalarini o‘zida mujassam etadi.
Loyihada qozogʻistonlik va xalqaro
sanʼatkorlar, jumladan qazaq indie guruhi, SAMRATTAMA, Steppe Sons, lovozero,
Zere, Saadet Türköz, shuningdek, Gulnur Mukajanova va Dariya Temirxan ishtirok
etmoqda. Ularning yangi asarlari “Tselinniy” («Целинный») markazi uchun maxsus
yaratilgan.
Manzil va dasturlar jadvali rasmiy veb-saytda
mavjud. tselinny.org
