Buxoro Biennali (Bukhara Biennial) –
Buxoroda boʻlib oʻtadigan birinchi yirik xalqaro zamonaviy sanʼat forumi.
Biennial mavzusi: “Singan
qalblar uchun tavsiyalar” (“Recipes for Broken Hearts”). Afsonaga ko’ra, Ibn
Sino hukmdorga taskin berish uchun maxsus taom o’ylab topadi. Biennial konsepti
ushbu afsonadan ilhomlangan boʻlib, sanʼat orqali shifo topish ramzidir.
Sana: 2025-yil 5-sentyabridan 20-noyabrigacha.
Biennaleda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo
rassomlari va hunarmandlari hamkorligida yaratilgan 70 dan ortiq badiiy
loyihalar namoyish etiladi. Shuningdek, vizual instalyatsiyalar,
hunarmandchilik ko’rgazmalari, spektakllar, musiqa, sheʼriyat, ustaxonlar,
simpoziumlar ham bo’lib o’tadi.
Platforma: YuNESKOning Butunjahon merosi
roʻyxatiga hamda ijodiy shaharlar tarmogʻiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazi.
Manzil: “Xoʻja-Govkushon” ansambli, Ayoz,
Ahmadjon, Fathullajon karvonsaroylari, Abdurashid madrasasi, Minorayi Kalon,
Mag’oki-Attori masjidi, Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeyi va boshqalar.
Ish vaqti: seshanbadan yakshanbagacha:
sentyabr oyida soat 10:00 dan 22:00 gacha; oktyabr-noyabr oylarida - 20:00
gacha. Ochiq ko'rgazmalarga kuniga 24 soat kirish mumkin.
Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va San’atini Rivojlantirish
Jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda. Loyiha komissari - Gayane Umerova, bosh
kurator - Diana Kempbell, me’mor Venetsiya Biennalesining “Oltin sher”
sovrindori Voel Al Avar.
