Venetsiyaning tarixiy binosi – San-Marko maydonidagi Procuratie Vecchieda migrantlarning hayotiy hikoyalari va orzulariga bag‘ishlangan “Dreams in Transit” nomli noyob installatsiya ochildi.
Installatsiya bino fasadida ikki qator qilib joylashtirilgan 100 ta oq-qora siluet portretni o'z ichiga oladi. Rassom JR loyihada shaxsan ishtirok etmagan bo’lsa-da, o’z kontseptsiyasidan foydalanish fikrini ma'qullagan. Tashkilotchilar rassomning “Inside Out Project” loyihasi uchun ishlab chiqilgan metodologiyadan (ulkan portretlar seriyasi) foydalangan. JR - graffiti rassomi va oq-qora fotosuratlari bilan tanilgan fotograf.
Installatsiyada muhojirlar orzu va istaklari yozib olingan audio ham namoyish etiladi: “Biz ishtirokchilardan o‘z orzulari haqida gapirib berishlarini so‘radik, chunki orzu qilish muhimdir,” deydi fransuz rassomi Sara Makarin.
Sara Makarin installyatsiyaning audio qismi uchun mas’ul bo’lib, u shaxsan  ishtirokchilar ovozini yozib olgan. Ushbu audio fragmentlar loyihaning bir qismiga aylandi va Procuratie Vecchie ko'rgazma maydoniga o’rnatildi. Makarin jamiyatda gender, identifikatsiya va tenglik mavzularida hujjatli film va sheʼriyatni o’zida jam etgan loyihalar yaratadi.
Loyiha The Human Safety Net fondi va Jenevada joylashgan Art for Action tashkiloti tomonidan amalga oshirildi. Maqsad - uylarini tark etgan odamlar hayoti haqida hikoya qilish.