3-sentyabr kuni Will Smitning Westbrook prodyuserlik kompaniyasi yangilangan Paramount studiyasi (hozirda Paramount Skydance brendi ostida faoliyat yuritadi) bilan shartnoma imzoladi.
Shartnoma bir qancha xalqaro loyihalar yaratish maqsadida tuzilgan ("four-quadrant theatrical films"). Ushbu atama Gollivud kino sanoatida tomoshabinlarning to‘rt asosiy demografik "kvadrant"ini jalb qiladigan filmlarni anglatadi.
Ikki yirik loyiha: "Sugar Bandits" (narkotik savdosiga qarshi kurash guruhi boshlig'i, sobiq askar haqida kriminal triller) va "Rabbit Hole" – film ssenariysi Jon Spayts ("Duna" filmi ustida ishlagan) tomonidan yoziladi.
Will Smit nafaqat prodyuser sifatida ishtirok etishi, balki bosh rolni o‘ynashi ham kutilmoqda.
