2025-yil 7-sentabrda “Dazed MENA” (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika madaniyatini yorituvchi mahalliy nashr) platformasining material Art & Photography rubrikasida "Born after empire" ("Imperiyadan keyin tug‘ilgan") sarlavhali maqola chop etildi. Maqola bosh qahramoni "Logomania: Owning the World at Half Price" (2019), "Untitled (Portrait of Uzbekistan)" (2018–2021) va boshqa foto-seriyalari bilan tanilgan yosh fotograf Hasan Qurbonboyev hisoblanadi.
Maqolada tarix va kelajakning aksi sifatida O‘zbekiston fotosuratlari va tasviriy hikoyalari bilan birgalikda, fotosuratchi o‘z ishining nozik tomonlari, mavzu tanlash, vizual hikoyalar haqida so’z yuritdi.
"Bugungi O'zbekiston - yaxshi va yomon ko‘plab kunlardan iborat ulkan tarixga ega. Bu esa fikrlash, mulohaza yuritish va yangi hikoyalar yaratishda shaxsan ishtirok etish uchun buyuk imkoniyat. Va men bilamanki: faqat biz yoshlargina buni amalga oshira olamiz - ba'zilari so'z yoki musiqa orqali, ba'zilari esa men kabi sur’atlar orqali", - deydi Hasan Qurbonboyev.
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4