To‘ylardagi dabdaba qayerdan kelgan?

O‘zbek madaniyatida to‘y azaldan oddiy oilaviy bayramdan ko‘ra kattaroq hodisa hisoblangan. To‘yga taklif — bu qarindoshlik va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda oilaning ijtimoiy mavqeyini namoyish etish uslubidir. Xalq orasida shunday gap bor: to‘y to‘yday o‘tsin, u haqida butun mahallada duv-duv gap bo‘lsin.
Yaqinda o‘tkazilgan “Yuksalish” harakati tadqiqotiga ko‘ra, bunday yondashuv shaxsiy istak tufayli emas, aynan jamiyat tomonidan va andisha, uyat nuqtayi nazaridan amal qiladi. To‘ylar esa shaxsiy marosim emas, balki ommaviy tadbir sifatida qabul qilinadi. Shu sababli ko‘plab oilalar to‘ylarga bisotidagidan ancha ko‘proq mablag‘ sarflaydilar, buning hammasi jamiyatda gap-so‘zlarga sabab bo‘lmaslikka qaratilgan.
Katta to‘y xarajatlari, bu oddiy injiqlik yoki sog‘lom fikrning yo‘qligi degani emas. Rossiyalik etnograf Sergey Abashin 1999-yilda o‘z maqolasida odamlar to‘y uchun sarflaydigan mablag‘ni shunchaki ishlatmasliklarini tushuntirib bergan edi, yaʼni anʼanaviy jamiyatda oila aynan shu yo‘l bilan o‘z mavqeyini tasdiqlaydi, qarindoshlar va qo‘shnilardan ko‘mak oladi, avlodi yoki urug‘ining obro‘sini mustahkamlaydi. Ammo bugungi kunda ushbu urf-odat bilan oilalarning haqiqiy daromadlari orasida tang vaziyat vujudga kelmoqda.
Dabdabali to‘y — o‘zbek oilasi uchun katta moliyaviy yuk. “Yuksalish” so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, 81 foiz oilalarning har oylik daromadi o‘rtacha 5–12 mln so‘mni tashkil etadi (maqola eʼlon qilish davridagi hisob-kitob bo‘yicha 400–970 dollar). Shu bilan birga, so‘rovnoma ishtirokchilarining 65 foizida to‘y xarajatlari taxminan 50100 million so‘mgacha (40308060 dollar) bo‘lgan oraliqda. Bu miqdorni o‘rtacha o‘zbek oilasining yillik daromadi bilan taqqoslaymiz.
© Shohrux Ilhomov
To‘yni o‘z kuchi bilan o‘tkazishga qodir kishilarning kam bo‘lishiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Oilalarning yarmidan ko‘pi (55 foiz) qarindoshlaridan qarz olganini tan olgan, har to‘rtinchisi (25 foiz) kredit olgan. Respondentlarning atigi 14 foizi to‘y xarajatlarini o‘zlari qoplay olishini tasdiqlagan.
Bunday katta xarajatlarning sabablari faqatgina kelin-kuyovlarning xohish-istaklaridagina emas. So‘rovda qatnashganlarning deyarli yarmi buning asosiy sababi jamiyatning bosimi va o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatish zarurati ekanligini tan olgan.

Obro‘ to‘shmaslik qanchaga tushadi?

O‘zbekistonda to‘y marosimlari atrofida tashkilotchilar, oshpazlar, musiqachilar, boshlovchilar, fotosuratchilar, bezakchilar va haydovchilardan iborat butun bir sanoat shakllangan. To‘y mavsumi – bahor va kuzda restoran va banket zallari maksimal darajada gavjum bo‘ladi, qishda esa “o‘lik mavsum”ni boshdan kechiradi.

To‘y qanchaga tushadi? Barchasi tantana ko‘lami va oilaning talablaridan kelib chiqib hisoblanadi — Toshkent shahrida 150200 nafar mehmon uchun o‘rtacha to‘yga 510 ming dollar sarflanadi. Xarajatlarning asosiy qismi zal ijarasi va mehmonlarning ovqatlanishiga ketib, har bir kishi uchun o‘rtacha 3050 dollar atrofida o‘zgarib turadi. Ammo bayram smetasiga odatda boshqa xarajat bandlari ham kiradi, masalan, musiqachilar, yosh kelin-kuyovlar uchun stilistlar, boshlovchi yoki sarpo.

Baʼzi hududlarda to‘y xarajatlarini tejash yo‘lini topishgan. Masalan, Qoraqalpog‘istonda hali ham qalin mol to‘lash anʼanasi bor. Uning miqdori 60 mln so‘mgacha (4800 dollar) va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik uchun bu katta mablag‘, shuning uchun tomonlar kelinni ramziy o‘g‘irlash haqida kelishib olishadi – bunday holda qalin mol ham shart emas.

© Shohrux Ilhomov

Qanday qilib davlat to‘y ishlariga aralashib turadi?

2020-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonda yangi qoidalar amal qiladi, ularga ko‘ra, to‘ylar va boshqa oilaviy tantanalar faqat kun davomida – ertalab soat 6 dan kechki 11 gacha o‘tkazilishi mumkin. Mehmonlar soni ikki yuz kishi bilan cheklanishi kerak (ertalabki oshga 250 kishiga ruxsat berilgan). Ko‘pi bilan ikki nafar sanʼatkor yoki guruhlarni taklif qilish mumkin, to‘y korteji esa uchta mashinadan iborat bo‘lishi shart. Restoranlar har bir to‘y haqida IIVni xabardor qilishi kerak, mahalliy hokimiyat to‘ylarning ixchamligi uchun shaxsan javobgardir.
Abashinning so‘zlariga ko‘ra, to‘y xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha munozaralar Markaziy Osiyoda 60-yillardan beri davom etib keladi. Uning tushuntirishicha, dabdabali marosimlar avvalo qishloq, agrar, patriarxal jamiyat mahsulidir. U yerda odamlar yaqin jamoaviy aloqalarda yashagan: birga ishlagan, birga turmush qurgan, birga nishonlagan va bir-biriga yordam bergan. Marosimlar o‘ziga xos “bank” vazifasini bajargan – siz birovning to‘yiga sarmoya kiritasiz, keyin boshqalar sizning to‘yingiz uchun xarajatlarni qoplaydi.
Aholining (Markaziy Osiyo) katta qismi hali ham qishloq va ovullarda yashaydi, qishloq xo‘jaligida ishlaydi, qarindoshlik va qo‘shnichilik aloqalarini saqlab qolgan. Jamiyatning bu qatlami uchun marosimlar muhim bo‘lib qolmoqda: ular ijtimoiy munosabatlarni saqlashga, axloqiy burchni bajarishga, “to‘g‘ri” xatti-harakatlarni ko‘rsatishga yordam beradi”, – deydi olim.

“Ammo aholining shaharlarga ko‘chib o‘tishi va qishloqlardagi jamoalarning tarqalib ketishi sababli bu an‘analar yo‘qolmoqda. Shaharda odamlar turli sohalarda ishlaydi, ijtimoiy aloqalar kamayadi, yordam o‘rnini davlat institutlari va moliya tizimi egallaydi, yaʼni bolalar bog‘chalari, pensiya va kreditlar... Natijada katta marosimlar avvalgi maʼnosini yo‘qotyapti. Ular yo yo‘q bo‘lib ketmoqda, yoki eng yaqin insonlarning tor doirasigacha kamaymoqda, yoki boylikni ko‘rsatish uchun ko‘rgazmali tadbirlarga aylanmoqda”, – deya fikrini asoslaydi etnograf.
Jamoaviy marosimlardan shaxsiy yoki namoyishkorona marosimlarga o‘tish kabi bunday o‘zgarishlar butun dunyoda (Rossiya, Yevropa, G‘arbda ham) sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ommaviy marosimlarning kelib chiqishi qishloq, agrar hayotga borib taqalsa-da, lekin ular shaharlarda ham saqlanib qolmoqda.
Qishloqlardan ko‘chib kelayotgan odamlar katta to‘ylar va boshqa marosimlarni meʼyor sifatida qabul qilishda davom etyapti. Ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallalarda ham xuddi qishloqdagi kabi jamoaviy bayramlar hamon nishonlanyapti.
© Shohrux Ilhomov
Yuksalishso‘rovnomasi O‘zbekistonda to‘ylarga munosabat haqiqatan ham o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda. Garchi respondentlarning 34 foizi hali ham xarajatlarni oilaning shaxsiy ishi deb hisoblasa-da, aksariyati to‘y marosimlarini soddalashtirish tarafdori. Eng mashhur taklif – “yaqinlar davrasida kamtarona yoki o‘rtacha to‘y” o‘tkazish (taxminan 40 foiz). Dabdabali tantanalar uchun atigi 6,6 foiz odamlar ovoz bergan.

Deyarli har ikkinchi kishi (44,5 foiz) dabdabali to‘ylar quvonchdan ko‘ra ko‘proq stress va qarzlarga sabab bo‘lishini tan oldi va sarflagan pullaridan afsuslandi. Ko‘pchilik bu mablag‘larni bir kechada yo‘q qilgandan ko‘ra, ularni taʼlim olish, uy-joy xaridi, davolanish yoki biznes ochishga sarflagan maʼqul ekanligini qo‘shimcha qildi.

Siz to‘y xarajatlari haddan tashqari bolishiga qanday munosabatdasiz? Fikrlaringizni bizning Instagram va Telegram sahifalarimizdagi izohlarda qoldiring.