Loyiha 2026-yil may oyida Kann kinofestivalida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Multfilm OpenAIning kreativ mutaxassisi Chad Nelson boshchiligida ishlab chiqilmoqda. Ssenariy esa “Peruda Paddingtonning sarguzashtlari” filmini yaratgan jamoa tomonidan yozilgan. Dialoglar professional aktyorlar tomonidan ovozlashtirilib, tasviriy materiallar esa GPT-5 va zamonaviy tasvir yaratish tizimlari yordamida ishlab chiqiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish.
Multfilm 3 yil emas, atigi 9 oy davomida yaratilmoqda, budjeti esa 30 million dollardan oshmaydi, bu ananimatsion loyihalar uchun odatdagidan ancha past.
Loyiha Londonning Vertigo Films va Los-Anjelesning Native Foreign studiyalari hamkorligida yaratilmoqda, moliyalashtirish esa Vertigo kompaniyasining Parijdagi Federation Studios tomonidan amalga oshiriladi.