Ko‘rgazma
28-sentyabrdan 8-fevralgacha davom etadi.
Ekspozitsiyada aktrisaning shaxsiy buyumlari: mashhur
liboslari va oilaviy relikviyalari namoyish etiladi. Fotograf Tom Uoker
aktrisaning uyini, Joanna Hogg esa Londondagi kvartira interyerini
rekonstruksiya qiladi. Ko‘rgazmada, shuningdek, Derek Jarmanning arxiv
materiallari ham namoyish etiladi.
Loyiha aktrisaning ijod yo’lini aks ettiradi.
Asosiy mavzular: san'at, xotira va Swintonning ishiga bo’lgan munosabati.
Ko‘rgazma fransuz moda tarixchisi Olivye
Sayyar tomonidan tayyorlangan bo’lib, Swintonning o’zi esa loyihaning
hammuallifi sifatida ishtirok etmoqda. Tashkilotchilar ko‘rgazmani “biografik namoyish”
emas, balki “aktrisaning o’zi bilan hamkorlik” deb ta'riflaydi.
Loyihaning yaratilishida Pedro Almodovar, Luka
Guadanino, Jim Jarmush va Apichatpong Virasetxakul kabi rejissyorlar ham
ishtirok etmoqda.








