Yodgorlik qamalda qolgan shahar aholisiga ko‘rsatilgan
yordam va urush yillaridagi qahramonliklari uchun o‘zbek xalqiga
minnatdorchilik ramzi hisoblanadi.
Yodgorlik plitalarida Leningrad qamali, shahar
aholisi va harbiylarining og’ir sinovlari, shuningdek, O‘zbekistonning
evakuatsiya va aholiga yordam ko‘rsatishdagi roli haqida matnlar bitilgan.
Yodgorlik mualliflari – Sankt-Peterburglik
haykaltaroshlar Anatoliy va Lada Chernovlardir. Loyiha Sankt-Peterburgning
Tashqi ishlar qo‘mitasi hamda Leningrad mudofaasi va blokadasi davlat yodgorlik
muzeyi tomonidan tayyorlangan.
Marosimda Sankt-Peterburg gubernatori
Aleksandr Beglov, Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov, Leningrad qamali faxriylari
va Rossotrudnichestvo vakillari ishtirok etdi.
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov
yodgorlikning kelajak avlodlar uchun qahramonlik va birdamlik qadriyatlarini
xotirlash yeriga aylanishiga umid bildirdi.
