Topilma 2024-yil sentabr oyida, qasr “Osenat” auksion uyi tomonidan sotuvga tayyorlayotgan va inventarizatsiya o‘tkazilayotgan paytda topilgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, 1613-yilda chizilgan kartina juda yaxshi holda saqlanib qolgan.
Rasmning asl ekanligi nemis san'atshunosi, flamand rassomchiligi bo'yicha mutaxassis Nils Büttner tomonidan tasdiqlandi. Kompozitsiyada Masih bulutli osmon oldida yolg'iz tasvirlangan.
Ilgari XIX asr rassomi William Bouguereauga, keyin esa qasr egalariga tegishli boʻlgan asar, 30-noyabr kuni Fontainebleau shahrida kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.