Muzey 2027-yilda ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Labi Hovuz ansamblida joylashgan Usmon Xo‘jaev uyida tashkil etiladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – faqatgina tarixni asrab qolish emas, balki jadidchilik merosini yangicha talqin qilish va namoyish qilishdan iborat. Muzey o’zida original me'moriy elementlar va zamonaviy muzeylarga xos xususiyatlarni (arxiv, ta’lim va ko'rgazma zallari) mujassamlashtiradi.